BTS muxlislarini xavotirga solgan voqea: BTS a’zosi V avariyaga uchragani haqidagi xabar tarqaldi

Tarmoqlarda BTS a’zosi V, ya’ni Kim Texyon avariyaga uchragani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ayrim sahifalarda u AQSHdagi tadbirdan qaytayotganda boshqa avtomobil bilan to‘qnashgani, biroq hodisadan sog‘-omon chiqqani aytilgan. Voqeaning qachon va qayerda sodir bo‘lgani noma’lum, "BIGXIT MYUZIK" va "XAYB" kompaniyalari hamda Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlari bu ma’lumotni tasdiqlamadi. Rasmiy ma’lumot berilmaguncha, xabarlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.
So‘nggi kunlarda tarmoqlarda BTS a’zosi V ishtirokida kichik avariya sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar muhokama qilinmoqda. Ayrim sahifalarda Kim Texyon AQSHdagi tadbirdan qaytish vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchragani aytilgan.
Videolarga qo‘shilgan izohlarda uning mashinasi boshqa avtomobil bilan to‘qnashgani, ammo xonanda hodisadan sog‘-omon chiqqanligi qayd etilgan. Shunga qaramay, voqeaning qachon va qayerda sodir bo‘lgani haqida ishonchli tafsilotlar keltirilmagan.
Hozircha "BIGXIT MYUZIK" va "XAYB" kompaniyalari bu xabarga munosabat bildirmadi. Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlari ham Kim Texyon avariyaga uchraganini tasdiqlamagan.
Rasmiy manbalardan ma’lumot berilmaguncha, tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.































Izohlar 0
…