140 kilodan 70 kiloga ozgan Muborak Abdullayeva ijodga qaytdi

1 daqiqa o'qish67.4K
140 kilodan 70 kiloga ozgan Muborak Abdullayeva ijodga qaytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bloger va aktrisa Muborak Abdullayeva uzoq tanaffusdan so‘ng yana ekranlarga qaytdi.
  • U 78 yoshli buvisi Xursandoy aya bilan “Daryo” studiyasida mehmon bo‘lib, hayotidagi keskin o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.
  • Aktrisa 140 kilogrammdan 70 kilogrammgacha ozgani tufayli tashqi ko‘rinishi, xarakteri va dunyoqarashi butunlay o‘zgarganini ta’kidladi.
  • Suhbat davomida oila, tarbiya, qiz farzand tarbiyasi hamda qaynona-kelin munosabatlari haqida ham fikr yuritildi.

Bir paytlar quvnoq obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan bloger va aktrisa Muborak Abdullayeva uzoq tanaffusdan so‘ng yana ekranlarga qaytdi. Bu safar u yolg‘iz emas — 78 yoshli buvisi Xursandoy aya bilan “Daryo” studiyasida mehmon bo‘lib, samimiy va hayotiy suhbat qurdi.

Suhbat davomida Muborak Abdullayeva hayotidagi keskin o‘zgarishlar haqida ochiq gapirdi. Uning aytishicha, bugungi Muborak avvalgi ekranda ko‘ringan insondan mutlaqo farq qiladi.

“Bugun o‘zimning eski videolarimni ko‘rsam, u yerdagi Muborakni tanimayman. Tashqi ko‘rinishim, xarakterim, fikrlashim va dunyoqarashim butunlay o‘zgardi. Agar menga o‘sha rollarni yana ijro etish taklif qilinsa, buni uddalay olmasligimni aytaman. O‘sha paytlarda yoshlikning o‘zgacha shijoati va energiyasi bor ekan. Hozir esa ekrandagi o‘zimni ko‘rib, 'nahotki bu men bo‘lgan bo‘lsam', deb hayron qolaman”, — dedi u.

Adras kiyimli uch nafar o‘zbek ayoli jilmayib turibdi.

Muborakning ta’kidlashicha, eng katta o‘zgarishlardan biri uning vazni bilan bog‘liq. U 140 kilogrammdan 70 kilogrammgacha ozganini aytib, bu jarayon nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki butun hayotini o‘zgartirganini bildirdi.

“140 kilogrammdan 70 kilogrammgacha ozganimdan keyin xuddi ichimdan bir inson chiqib ketgandek bo‘ldi. Ekranlarda sho‘x-shodon yuradigan, qaynona va kelin obrazlarini jonlantiradigan Muborak go‘yo ortda qoldi. Hatto bir muddat o‘zimni ham yo‘qotib qo‘ydim. Shundan keyin o‘zimni qayta kashf etishga kirishdim. Endi hayotimda boshqa qiziqishlar paydo bo‘ldi. Ilgari til o‘rganishga umuman qiziqmasdim, hozir esa yangi tillarni o‘rganyapman. Ruhiy va ma’naviy jihatdan ham o‘zim ustimda ishlashni boshladim”, — deydi u.

Suhbat faqat ijod haqida emas, balki oila va tarbiya mavzulari bilan ham boyidi. Xursandoy aya o‘zining ko‘p yillik hayotiy tajribasiga tayangan holda qiz farzand tarbiyasi, oiladagi mehr-oqibat, ayolning sabri, rashk va qaynona-kelin munosabatlari haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Milliy kiyimdagi uch ayol va hijobli ayolning yonma-yon kollaji.

Tomoshabinlar esa nafaqat Muborak Abdullayevaning ijodga qaytganini, balki uning hayotga bo‘lgan mutlaqo yangi qarashlarini ham yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?