Bolgariyada 86 ta mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi

1 daqiqa o'qish3
Bolgariyada 86 ta mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 10 noyabr kuni Bolgariyaning «Trakiya» avtomagistralida 86 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan ikki yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.
  • Sog‘liqni saqlash vaziri Katya Ivkovaning ma’lum qilishicha, 46 nafar jarohatlangan fuqaro shifoxonalarga yotqizilgan bo‘lib, ularning bir qismi reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

10 noyabr kuni ertalab Bolgariyaning «Trakiya» avtomagistralida, Yambol shahri yaqinida ikkita yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avariyalar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Katya Ivkova ma’lumotiga tayanib, «24 chasa» nashri xabar berdi.

Vazirning aytishicha, dastlabki to‘qnashuvlar oqibatida 10 kishi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Jami 46 nafar jarohatlangan tibbiyot muassasalariga olib borilgan. Ularning bir nechtasi reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

Birinchi avariya mahalliy vaqt bilan soat 7:10 atrofida avtomagistralning Burgas shahri tomon yo‘nalishida yuz bergan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, yo‘lning qarama-qarshi qismida, Sofiya yo‘nalishida ham bir nechta avtomobil to‘qnashgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda hududda qorong‘ilik va quyuq tuman kuzatilgan.

«Sega» nashri ma’lumotiga ko‘ra, ikkita avariyada jami 86 ta transport vositasi ishtirok etgan. Ular orasida yengil avtomobillar, mikroavtobuslar va og‘ir yuk mashinalari bor.

To‘qnashuvlardan keyin ayrim odamlar shikastlangan avtomobillar ichida qisilib qolgan. Qutqaruvchilar jabrlanganlarga yetib borish uchun yo‘l to‘siqlarining bir qismini yechishga majbur bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasiga qo‘shni viloyatlarning favqulodda xizmatlari va harbiylar ham jalb etilgan.

Avariya sabab avtomagistralning har ikki yo‘nalishi ham yopilgan. Transport oqimi aylanma yo‘llarga yo‘naltirilgan. Og‘ir ahvoldagi jabrlanganlarni Sofiyadagi shifoxonalarga yetkazish uchun harbiy va hukumat samolyotlari tayyorlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga ko‘rish masofasining keskin qisqarishi, yo‘lning namligi va ob-havo sharoitiga mos bo‘lmagan tezlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda avariyalarning aniq sabablari o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?