Garri Staylzning kutilmagan yiqilishi konsertni to‘xtatmadi
1 daqiqa o'qish93

Garri Staylz Meksikaning Mexiko shahridagi Estadio GNP Seguros stadionida konsert berayotgan vaqtida kutilmaganda sahnada sirpanib, yiqilib tushdi. Xonanda vaziyatni sarosimaga tushmasdan hazil bilan qabul qildi va hatto yerda yotgan holida ham qo‘shiq kuylashda davom etdi.
Muxlislar esa sevimli xonandasini olqishlab, uni qo‘llab-quvvatladi. Staylz tez orada o‘rnidan turib, konsertni davom ettirdi. Uning bu holatga yengil va hazilomuz munosabati tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. Hodisa aks etgan videolar esa ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, ko‘plab tomoshalar yig‘moqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…