Dunyodagi "eng yupqa" mexanik qo‘l soati Shveysariyada mukofotlandi

Rossiyalik mustaqil soatsoz Konstantin Chaykin yaratgan ThinKing Mystery modeli Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan nufuzli Grand Prix d'Horlogerie de Genève (GPHG) tanlovida «Jasorat» (Audacity Prize) mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Kommersant xabar berdi.
2026 yil 7 noyabr kuni topshirilgan mukofot soatsozlikdagi noodatiy yondashuv va ijodiy jasorat uchun beriladi.
ThinKing Mystery modelining qalinligi atigi 1,65 millimetr, og‘irligi esa tasmasiz 12,1 grammni tashkil etadi. Shu jihati bilan u dunyodagi eng yupqa mexanik qo‘l soati hisoblanadi.
Soat mexanizmi 284 ta detaldan iborat. Unda vaqt an’anaviy millar yordamida emas, balki shaffof sapfir disklari orqali ko‘rsatiladi. Modelning yana bir o‘ziga xos jihati — uning mexanizmi korpus bilan birlashtirilgan.
Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu soatdan dunyo bo‘ylab atigi 12 dona ishlab chiqariladi. Narxi 400 ming Shveysariya franki atrofida, soliqlarsiz.
Qayd etish joizki, Konstantin Chaykin 2018 yilda ham GPHG tanlovida «Jasorat» mukofotini qo‘lga kiritgan. O‘shanda uning Clown modeli taqdirlangan edi.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…