Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Ro‘ziyev vafot etdi

1 daqiqa o'qish0
Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Ro‘ziyev vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi, Navoiy viloyatining sobiq hokimi, mehnat faxriysi Bahriddin Murtazoyevich Ro‘ziyev 11 noyabr kuni 76 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bahriddin Ro‘ziyev 1950 yil 23 avgustda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Karmana tumani yo‘l qurilishi birlashmasida avtochilangar sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan, Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida ham o‘qigan.

U turli yillarda Navoiy viloyati gazlashtirish boshqarmasi, hududiy kommunal foydalanish boshqarmasiga rahbarlik qilgan, Konimex tumani hokimi lavozimida ishlagan. 2002 yilda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan va 2008 yil dekabrigacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.

Viloyatga rahbarlik qilgan davrida sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shgan. Xususan, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etish hamda xalqaro aeroport negizida logistika markazini barpo etish ishlarida faol qatnashgan.

Prezidentning hamdardlik maktubida Bahriddin Ro‘ziyevning davlat va jamoat ishlaridagi xizmatlari, yoshlarni tarbiyalash hamda mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan. Marhumning xotirasi qalblarda saqlanib qolishi ta’kidlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?