“Bu to‘ydan kutayotgan narsalarimiz ko‘p...” — Javohir Sindorovning bobosidan sirli ishora( video)

“Bu to‘ydan kutayotgan narsalarimiz ko‘p...” — Javohir Sindorovning bobosidan sirli ishora( video)

Shaxmatchi Javohir Sindorovning bobosi nabirasining Bibisora Assubayeva bilan turmush qurishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu nikoh nafaqat yoshlarning o‘zaro munosabatlari, balki shaxmatdagi faoliyati nuqtayi nazaridan ham ma’qul keladi.

Bobosining aytishicha, Javohir yilning deyarli 11 oyini musobaqalarda o‘tkazadi. Shu sababli uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i shaxmatni tushunishi va bu hayot tarziga moslasha olishi muhim.

“Boshqa bir qizga uylantirsak-u, u shaxmatni tushunmasa, bu ham bir muammo. Javohir yilning 11 oyida musobaqalarda yuradi. U bilan birga safarlarda bo‘lish kerak. Shaxmatga qiziqmaydigan inson uchun bu juda katta qiyinchilik tug‘dirishi mumkin”, — deya ta’kidladi u.

Shuningdek, bobosi Bibisora Assubayevaning Qozog‘istondan ekanini ham alohida qayd etdi. Uning fikricha, ikki yoshning oila qurishi O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ham xizmat qilishi mumkin.

“Bu to‘ydan kutayotgan narsalarimiz ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar