Bibisora Assubayeva Sindorov bilan munosabatlari qachon boshlanganiga ishora qildi

Bibisora Assubayeva Sindorov bilan munosabatlari qachon boshlanganiga ishora qildi

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan munosabatlari qachon boshlanganiga oid yangi tafsilotni oshkor qildi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Assubayeva Telegram kanalida obunachilaridan birining “Javohir bilan qachondan beri uchrashib yurasiz?” degan savoliga javob berdi. Shaxmatchi aniq sanani aytmadi, biroq munosabatlari ko‘pchilik o‘ylaganidan ancha oldin boshlanganiga ishora qildi.

“Bir kun kelib aniq vaqtni aytib berarman. Faqat shuni aytishim mumkinki, o‘sha paytda uning reytingi hali 2700 ga yetmagan edi”, — dedi Assubayeva.

Shuningdek, shaxmatchi ayrimlar u Sindorov bilan 2026 yil bahoridagi Da’vogarlar turniri yoki undan keyin muloqot qila boshlagan deb o‘ylayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu taxminlar to‘g‘ri emas.

Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov FIDE reytingida 2700 ochkolik marradan ilk bor 2023 yil oxirida o‘tgan. 2023 yil dekabridagi rasmiy reyting ro‘yxatida uning ko‘rsatkichi 2701 ochkoni tashkil etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar