«Sevgi iztirobi» yulduzi Melisa Asli Pamuk ikkinchi bor ona bo‘lmoqda

1 daqiqa o'qish6
«Sevgi iztirobi» yulduzi Melisa Asli Pamuk ikkinchi bor ona bo‘lmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Turkiyalik aktrisa Melisa Asli Pamuk ikkinchi farzandini kutayotganini ma'lum qildi.
  • Uning homiladorligi Abu-Dabida bo'lib o'tgan tadbirdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ma'lum bo'ldi.
  • 2024-yil may oyida futbolchi Yusuf Yazijiga turmushga chiqqan aktrisa, shu yilning kuzida Milan ismli o'g'il farzandli bo'lgan edi.
  • Ikkinchi farzandini kutayotgan Melisa Asli Pamuk oilasiga vaqt ajratish maqsadida yaqin orada kino va seriallarda suratga tushmasligini bildirdi.

Turkiyalik aktrisa, o‘zbek tomoshabinlariga «Sevgi iztirobi» seriali orqali yaxshi tanish bo‘lgan Melisa Asli Pamuk ikkinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi. Aktrisaning homiladorligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TheGirl nashri xabar berdi.

Melisa Asli Pamuk Instagram sahifasida Chaumet zargarlik brendi tomonidan Abu-Dabida tashkil etilgan tadbirdan olingan videoni e’lon qildi. Unda aktrisaning homilador ekani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu tariqa, uning oilasida yana bir farzand dunyoga kelishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Melisa Asli Pamuk va futbolchi Yusuf Yaziji 2024 yil may oyida turmush qurgan. Shu yilning kuzida ularning birinchi farzandi — Milan ismli o‘g‘li dunyoga kelgan edi.

Bu safar aktrisaning homiladorligi muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Sababi, u hozirga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ikkinchi farzandni kutayotganiga oid hech qanday ishora yoki ma’lumot bilan bo‘lishmagan.

Melisa Asli Pamuk ikkinchi farzandini kutayotgani sababli yaqin orada kino va seriallarda suratga tushishni boshlamasligi ma’lum bo‘ldi. U 2026 yil iyul oyi boshida bergan intervyusida ham ijodiy faoliyatiga qaytish haqidagi savolga javob berar ekan, ayni paytda oilasi va farzandi uning uchun birinchi o‘rinda turishini ta’kidlagandi.

Tungi bino oldida oq kiyimdagi ayol va kulrang kostyumdagi erkak birga turibdi.

«Hozircha aniq bir narsa deya olmayman. Agar chindan ham yaxshi taklif tushsa, o‘ylab ko‘rishim mumkin. Lekin hozir men uchun eng muhimi — o‘g‘lim. Uning yonida bo‘lishni, ulg‘ayishidagi har bir bosqichni ko‘rib borishni istayman», — degan edi aktrisa.

Shuningdek, Melisa avvalgi intervyularida onalik unga beqiyos quvonch va zavq bag‘ishlashini bir necha bor ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq parvarishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar, jumladan, uyqusiz tunlar ham farzandi bilan o‘tkazgan baxtli lahzalar oldida sezilmay qoladi.

Aktrisa ikki davlatda yashab kelmoqda

Ma’lumot uchun, Melisa Asli Pamuk va uning turmush o‘rtog‘i Yusuf Yaziji hozirda ikki davlatda — futbolchi faoliyat yuritayotgan klub joylashgan Gretsiya hamda Niderlandiyada yashab kelmoqda.

Aktrisaning ikkinchi bor ona bo‘lishi haqidagi xabar esa uning muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?