Homilador Enn Xeteuey o‘zining go‘zal obrazi bilan yangi film taqdimotida ko‘rinish berdi

Uchinchi farzandini kutayotgan aktrisa Enn Xeteuey Londonda o‘tkazilgan "Odisseya" filmining jahon premyerasida ishtirok etdi. U marosim uchun yelkasi ochiq, gulli bezaklar tushirilgan ko‘k libosni tanladi.
43 yoshli aktrisa turmush o‘rtog‘i Adam Shulman bilan uchinchi farzandini kutayotganini ma’lum qilgan. Premyerada u suratchilar qarshisida homiladorlik holatini yashirmay, qizil yo‘lakda ko‘rinish berdi.
Enn Xeteuey Kristofer Nolanning "Odisseya" filmida Itaka malikasi Penelopa obrazini ijro etgan. Londondagi taqdimotda filmning boshqa ijodkorlari ham ishtirok etdi.































Izohlar 0
…