Mavluda Asalxo‘jayevaga 63 yoshida qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilindi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva 15 oktyabr kuni 63 yoshni qarshi oldi. Xonandaning tavallud kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayramdan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videolarda san’atkorning yaqinlari uni samimiy tabriklab, quvonchli kuniga sherik bo‘lgani aks etgan. Bu yilgi tug‘ilgan kun bayrami xonanda uchun o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgani ko‘rinadi. Eng e’tiborli jihati, yaqinlari Mavluda Asalxo‘jayevaga qora rangli qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan.
Xonanda ham o‘zining Instagram sahifasida bayramdan lavhalarni joylashtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan muxlislari va yonida bo‘lgan yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.
“Shukrona kunim bilan tabriklagan muxlislarim, yonimda bo‘lgan eng yaqinlarim, hammangizga rahmat va boringlarga shukur”, — deya yozdi san’atkor.
Ushbu post ostida ham ko‘plab kuzatuvchilar xonandani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘lladi.
Ma’lumot uchun, Mavluda Asalxo‘jayeva 1963 yil 15 oktyabrda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida, san’atkor Abdurahmon Asalxo‘jayev va shifokor Sanobar Asalxo‘jayeva oilasida tug‘ilgan.






























Izohlar 0
…