Vodiyda yarim tunda zilzila kuzatildi

Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati hududida yarim tunda zilzila qayd etildi. Yer silkinishining epitsentri Jalolobod hududida joylashgan bo‘lib, u Toshkent shahridan taxminan 291 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Bu haqda tegishli seysmologiya xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 2026 yil 8 iyul kuni soat 00:54:41 da sodir bo‘lgan. Epitsentr koordinatalari 41,19 N va 72,69 E nuqtalariga to‘g‘ri keladi.
Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi hududlarida ham sezilgan. Jumladan, Paxtaobod tumanida zilzilaning kuchi 2–3 ballni tashkil etgan bo‘lib, epitsentrgacha bo‘lgan masofa 33 kilometrni tashkil qildi.
Shuningdek, Izboskan tumani (48 km), Andijon tumani (49 km), Qo‘rg‘ontepa tumani (50 km), Xonobod shahri (50 km), Jalaquduq tumani (51 km), Uchqo‘rg‘on tumani (51 km) hamda Andijon shahrida (54 km) yer silkinishi 2 ball kuch bilan his etilgan.
Qo‘shimcha seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 3,9, o‘chog‘ining chuqurligi esa 5 kilometrni tashkil etgan.






























Izohlar 0
…