Xonanda Guli Asalxo‘jayevadan tezkor ogohlantirish: «Men sog‘-salomatman» (video)

1 daqiqa o'qish24
Xonanda Guli Asalxo‘jayevadan tezkor ogohlantirish: «Men sog‘-salomatman» (video)

Xonanda Gulixon Asalxo‘jayeva ijtimoiy tarmoqlarda uning surati va nomidan foydalanib, dori vositalarini reklama qilayotgan firibgarlar haqida ogohlantirish bilan chiqdi. U Instagram sahifasida joylagan murojaatida soxta reklamalarga ishonmaslikni, ayniqsa, bunday mahsulotlarni sotib olishga shoshilmaslikni so‘radi.

Xonandaning aytishicha, noma’lum shaxslar sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, uni og‘ir xastalikka chalingan, hatto nogironlar aravachasida yuradigan darajada betob bo‘lgan inson sifatida tasvirlashmoqda. Soxta videolarda esa go‘yoki aynan reklama qilinayotgan dori vositasini qabul qilganidan so‘ng sog‘ayib ketgani ko‘rsatilmoqda.

«Mening nomimdan qandaydir dori vositasini reklama qilishyapti. Bunga ishonmanglar, bu sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan. Meni og‘ir kasal qilib, nogironlar aravachasida yuradigan darajaga olib kelishgan, keyin esa shu dorini ichib tuzalib ketgandek ko‘rsatishmoqda. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Men bunday kasal bo‘lmaganman, shukrki, sog‘-salomatman», — dedi xonanda.

Gulixon Asalxo‘jayeva o‘zi hech qachon dori vositalarini reklama qilmaganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim tanishlari va muxlislari ham soxta reklamaga ishonib, dorilarni qayerdan xarid qilish mumkinligi haqida so‘rashgan.

Xonanda bunday firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun reklamalarga ko‘r-ko‘rona ishonmaslik, sog‘liq bilan bog‘liq muammolarda esa mutaxassislarga murojaat qilish kerakligini eslatdi. Shuningdek, murojaatini imkon qadar keng tarqatib, boshqalarni ham ogohlantirishga chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda ayrim foydalanuvchilar ham ushbu soxta reklamaga duch kelganini yozgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?