Shahlo Zoirova bugun yana bir yoshga ulg‘aymoqda (video)

Aktrisa Shahlo Zoirova bugun yana bir yoshni qarshi olmoqda. San’atkor Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali tug‘ilgan kuni ekanini ma’lum qildi.
Shahloxonim video ostida “Borimga va borligingizga shukur. H-birthday to me”, deya izoh qoldirgan.
Videoda san’atkorning hamkasblari uni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklayotgani aks etgan. Ular Shahloga ezgu tilaklarini bildirib, quvonchli kunida unga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan.
Ijodkorning muxlislari ham e’tiborsiz qolmadi. Uning sahifasidagi izohlarda ko‘plab samimiy tabriklar va iliq tilaklarni uchratish mumkin.
Biz ham Shahloxonimni tavallud ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklab, unga cheksiz baxt, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, yangi muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilab qolamiz.
Shahlo Zoirovaning bugungi kunda «Yor-yor», «Baxting muborak» va «Kelin salom» nomli qo‘shiqlari bor.






























Izohlar 0
…