Qirg‘izistondagi 3,7 magnitudali zilzila O‘zbekistonning ikki tumanida sezildi

Qirg‘izistondagi 3,7 magnitudali zilzila O‘zbekistonning ikki tumanida sezildi

Bugun, 17 sentyabr kuni Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Yer silkinishi O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 01:49 da sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi 3,7, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida, Toshkent shahridan 198 kilometr shimoli-sharqda qayd etilgan. Zilzila koordinatalari 41,58 daraja shimoliy kenglik va 71,55 daraja sharqiy uzunlikni tashkil qilgan.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida quyidagicha sezilgan:

— Yangiqo‘rg‘on tumanida — 2 ball, epitsentrdan 37 kilometr;

— Kosonsoy tumanida — 2 ball, epitsentrdan 39 kilometr.

Hozircha zilzila oqibatida zarar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar