Yulduz Usmonovadan Rayhongacha: taniqli san’atkorlarning paxta dalasidagi arxiv raqsi muxlislar e’tiborida! (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek san’atining taniqli vakillari ishtirokidagi eski videolavhalar yana muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda xonandalar Shahzoda, Rayhon, Yulduz Usmonova, Halimaxonim va Mavluda Asalxo‘jayevalarning paxta terimi jarayonida birga bo‘lgan damlari aks etgan.
Arxiv kadrlarda san’atkorlarni odatiy sahna liboslari va konsert muhitida emas, balki paxta dalasida ko‘rish mumkin. Ular musiqa sadolari ostida raqsga tushib, bir-birlari bilan hazillashgan va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazgan. Xonandalarning daladagi samimiy chiqishlari videoga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan.
Ayniqsa, taniqli ijodkorlarning bir joyda jam bo‘lib, musiqa jo‘rligida raqsga tushgani va quvnoq kayfiyatda hordiq chiqargani tomoshabinlar e’tiborini tortmoqda. Bugungi kunda sahnalarda ko‘rishga odatlangan san’atkorlarning yillar avvalgi bunday kadrlarini ko‘rish ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘ldi.
Videoning ijtimoiy tarmoqlarda qayta tarqalishi foydalanuvchilarga san’atkorlarning ijodiy faoliyatidagi avvalgi davrlarni eslash imkonini berdi. Arxiv lavhalar esa mashhur xonandalarning sahnadan tashqaridagi samimiy va quvnoq lahzalarini namoyon etmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…