“Qo‘yni yechintirgan Shahnoza”- aktrisa Shahnoza Hojimurodovaning kutilmagan qassobchilik qobiliyati haqida

“Qo‘yni yechintirgan Shahnoza”- aktrisa Shahnoza Hojimurodovaning kutilmagan qassobchilik qobiliyati haqida

Aktrisa Shahnoza Hojimurodovaning noodatiy qobiliyati haqida bilarmidingiz? Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor nafaqat aktyorlik, balki qassobchilik borasida ham yetarlicha tajribaga ega.

Aktrisa bu haqda “Omon-omon” ko‘rsatuvida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, oilasida qassobchilik bilan shug‘ullanganlar bo‘lmagan, biroq u bolaligidan qo‘y so‘yiladigan paytlarda otasiga yordam berib kelgan.

“Qonimizda hech kim qassob emas. Lekin qassobchilik qilaman. Bolaligimizdan uyimizda qo‘y so‘yilganida dadam menga qo‘yning boshini olib berardi. Men esa terisiga to‘rtta cho‘p tiqib, boshidan hasip, oyog‘idan xolodes tayyorlaganman”, — deya eslaydi aktrisa.

Ko‘rsatuv davomida Shahnoza Hojimurodovadan ushbu qobiliyati aks etgan video tarqalgach, unga qo‘y so‘yib berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan-tushmagani ham so‘raldi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, videodan keyin bunday takliflar juda ko‘paygan. “Juda ko‘p. ’Qo‘yimizni so‘yib bering‘, deb internetda rosa yozishyapti”, — deya javob berdi u.

Shu tariqa, aktrisaning bolalikdan orttirgan tajribasi ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otib, unga kutilmagan takliflar kelishiga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar