Bekor qilingan reys ortidan Shahlo Zoirova keskin fikr bildirdi!

Bekor qilingan reys ortidan Shahlo Zoirova keskin fikr bildirdi!

Xonanda Shahlo Zoirova reys bekor qilinishi sabab noqulay vaziyatga tushib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, Centrum Air aviakompaniyasidan Qirg‘izistonga uchish uchun chipta olingan, biroq keyinchalik reys bekor qilingani ma’lum bo‘lgan. Bu holat nafaqat san’atkorni, balki boshqa yo‘lovchilarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan.

"Xavotir olmanglar, o‘tib oldim, Xudoga shukur. Qirg‘izistonga uchishimiz kerak edi, lekin reys qoldirildi deyishyapti. Menga o‘xshab qolganlar ham shokda, kimga dardini aytishni bilmaydi", — dedi Shahlo Zoirova.

Xonanda yo‘lovchilar reys bekor qilinishi haqida kamida ikki soat oldin SMS orqali ogohlantirilishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir insonning oldindan tuzilgan rejasi bo‘ladi va bunday vaziyatlarda yo‘lovchilarning holatini ham tushunish zarur.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar