Shahlo Salayeva Veysel Dulger bilan to‘yga borish narxini aytdi

Shahlo Salayeva Veysel Dulger bilan to‘yga borish narxini aytdi

Turmush qurganiga ko‘p bo‘lmagan turkiyalik xonanda Veysel Dulger va xorazmlik san’atkor Shahlo Salayeva mehmon bo‘lgan suhbatda to‘y xizmatlari narxi hamda bir-birining xarakteri haqida qiziqarli savollarga javob berdi.

Ulardan “To‘yga taklif qilishsa, Veysel aka bilan birga necha pulga borasizlar?” deb so‘raldi.

Shahlo Salayeva hududga qarab narx o‘zgarishini aytib, Hazoraspdagi to‘yga birga 2,5 ming dollarga borishlari mumkinligini ta’kidladi.

“Endi joyiga qarab. Masalan, Hazoraspga 2,5 ming dollarga kelardik”, — dedi xonanda.

“2,5 ming dollarga birga borsangizlar, to‘y o‘tadimi?” deya aniqlik kiritildi.

“Birga, to‘liq to‘yni birga olib boramiz”, — deya javob berdi Shahlo Salayeva.

Suhbat davomida xonandalardan bir-birining o‘ziga yoqadigan va yoqmaydigan xarakterlari haqida ham so‘rashdi.

Shahlo Salayeva Veysel Dulgerning barcha xarakteri yoqishini aytdi.

“Men uning barcha xarakterini yoqtiraman, hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman. Yoqmaydigan xarakteri yo‘q, hammasi yoqadi”, — dedi u. "Sigaret chekishichi?" degan savolga "Ha, o‘sha yoqmaydi" deya qisqa javob berdi.

Shundan so‘ng Veysel Dulgerga “Shahlo opaning sizga yoqmaydigan xarakteri bormi?” deya savol berildi.

“Yo‘q. Uning hammasini yoqtiraman. Albatta, kamchiliklari ham, yaxshi tomonlari ham bor. Axir, turmush qurganmiz va ba’zi narsalarni ko‘rmaganga olishga to‘g‘ri keladi. Uni barcha jihatlari bilan sevaman”, — dedi turkiyalik xonanda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar