Shahlo Alijonovaning turmush o‘rtog‘i unga kutilmagan sovg‘a tayyorladi (video)

Shahlo Alijonovaning turmush o‘rtog‘i unga kutilmagan sovg‘a tayyorladi (video)

Aktrisa va bloger Shahlo Alijonova quvonchli yangilik bilan bo‘lishdi. U Instagram sahifasida e’lon qilgan videosi orqali orzularidan biri amalga oshganini ma’lum qildi.

Videoda uning turmush o‘rtog‘i Shoxruh Ro‘zibayev ayolining ko‘zlarini yumib, uni yangi xonadonga olib kirgani aks etgan. So‘ng Shoxruh Ro‘zibayev turmush o‘rtog‘ining ko‘zlarini ochib, yangi xonadon kalitini topshirgan. Kutilmagan sovg‘adan Shahlo Alijonova juda quvongan.

Aktrisa video ostida Toshkent markazidan yangi xonadon sotib olishganini bildirib, kuzatuvchilariga endi uy ta’miri jarayonidan ham lavhalar ulashishini aytgan.

“Alhamdulillah! Toshkent markazidan yangi xonadon sotib oldik! Endi remont jarayonidan kontentlarni kutinglar. Barchangizga nasib qilsin!” — deb yozdi Shahlo Alijonova.

Kuzatuvchilar izohlarda aktrisani yangi xonadon bilan tabriklab, unga oilaviy baxt va fayz-baraka tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar