Oygul Abdurahmonova aktrisalikdan avval kim bo‘lib ishlagan? (video)

Oygul Abdurahmonova aktrisalikdan avval kim bo‘lib ishlagan? (video)

Teatr va telenovellalar orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Oygul Abdurahmonova san’atdagi faoliyatini faqat aktyorlik bilan boshlamagan. U yoshlik yillarida fortepiano chalgan, hatto bog‘cha tarbiyalanuvchilariga ham musiqa saboqlarini bergan.

Aktrisa bu haqda «Omon-omon» dasturidagi suhbat davomida so‘zlab berdi. Suhbatda boshlovchi Oygul Abdurahmonovaning bir paytlar bog‘chada bolajonlarga pianino chalishni o‘rgatgani haqida eslatib, undan o‘sha davrlarni sog‘inishi yoki sog‘inmasligini so‘radi.

«Albatta, sog‘inmay ilojim yo‘q. Yoshlikdagi o‘sha fortepianoda ishlaganlarim, qo‘llarimni o‘ynatib-o‘ynatib, shirin xayollar og‘ushida chalganlarim esimga tushdi», — deya javob berdi aktrisa.

Shundan so‘ng boshlovchi undan bog‘chada pianino chalib, bolalarga saboq bergan paytida necha yoshda bo‘lganini so‘radi. Oygul Abdurahmonova bu faoliyatini 23 yoshida boshlaganini aytdi.

Boshlovchining bu davr aktrisaning kelinlik yillariga to‘g‘ri kelganmi, degan savoliga esa u qisqagina «Ha», deb javob berdi.

Aktrisaning ushbu xotiralari uning san’at yo‘lidagi ilk qadamlaridan biri musiqa bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar