Mahliyo Asqaraliyeva tug‘ilgan kuni va ilk bor ona bo‘lganini ma’lum qildi (foto)

Aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva bugun, 26 noyabr kuni, qo‘shaloq quvonchli xabarni ma’lum qildi. U 30 yoshni qarshi olayotgani hamda shu oyda ilk bor ona bo‘lganini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Aktrisa bu haqda Instagram sahifasida farzandi bilan tushgan suratlarini joylab, xabar berdi. U noyabr oyi hayotidagi eng baxtli davrga aylanganini ta’kidlab, endilikda oilasida yana bir kichkina yurak urayotganini yozdi.
«Bu yil menga yana bir yosh emas, butun bir umrga tatigulik baxt berildi. Bir insonni dunyodan ortiq sevish, uning birgina nafasi uchun ming bor shukr qilish… Qanday buyuk baxt bu!» — deya his-tuyg‘ularini izhor qildi aktrisa.
Shuningdek, u Yaratgandan farzandini sog‘-salomat, baxtli va solih inson qilib voyaga yetkazishni so‘ragan.

Mahliyo Asqaraliyevaning kuzatuvchilari uni tug‘ilgan kuni va onalik baxtiga erishgani bilan tabriklab, izohlarda samimiy tilaklarini yo‘llamoqda.
Ma’lumot uchun, Mahliyo Asqaraliyeva 1996 yil 26 noyabr kuni Farg‘onada tug‘ilgan. Aktrisa shu yilning yanvar oyida turmush qurgan edi. U noyabr oyida esa o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…