Aktrisa Sabina Sodiqova yana bir yoshni qarshi olmoqda: tug‘ilgan kuni qanday boshlandi?

Aktrisa Sabina Sodiqova yana bir yoshni qarshi olmoqda. U bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotganini Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali ma’lum qildi.
Videoda aktrisaning eng yaqin dugonasi uni tabriklash uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlagani aks etgan. Dugonasi Sabinani soat 00:00 da tashqariga chiqishga taklif qiladi. Aktrisa esa dugonasi chaqirganini aytib, uyi oldiga tushadi.
Uni bu yerda gul va shamlar yoqilgan tug‘ilgan kun torti bilan kutib oladi. Dugonasini ko‘rgan Sabina quvonchini yashira olmaydi. U tortdagi shamlarni niyat qilib o‘chiradi va dugonasiga yoqimli syurpriz uchun minnatdorlik bildiradi.
Aktrisaning videosi kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Izohlarda muxlislari Sabina Sodiqovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘llashmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…