Farhod Sulaymon o‘zini qaysi mashhur yulduzlarga o‘xshatishlarini aytdi (video)

Xonanda Farhod Sulaymon «Omon-omon» ko‘rsatuvida o‘ziga o‘xshatiladigan mashhur aktyor va san’atkorlar haqida gapirdi. Boshlovchilardan biri undan kimlarga o‘xshatilishini so‘raganida, xonanda bir nechta mashhur yulduzlarning nomini sanab o‘tdi.
«Meni o‘xshatishardi Jastin Timberleykka, «Muhtasham yuz yil»da o‘ynagan aktyor Aras Bulutga va Xyu Jekmanga o‘xshatishadi. Ayrim elementlar bo‘lsa kerak-da o‘xshash», — dedi Farhod Sulaymon.
Xonandaning bu javobi muxlislar orasida ham muhokamaga sabab bo‘ldi. Izohlarda ayrim foydalanuvchilar uni amerikalik qo‘shiqchi Jastin Timberleykka o‘xshatgan bo‘lsa, boshqalar turkiyalik aktyor Aras Bulut Iynemli yoki avstraliyalik aktyor Xyu Jekmanga qiyoslashdi.
Eslatib o‘tamiz, Farhod Sulaymon va Shirin Zoitova uzoq yillar “Farhod va Shirin” duetida ijod qilgan. 2023 yilda Shirin duet faoliyati to‘xtagani, Farhod esa yakkaxon ijodni davom ettirishga qaror qilganini ma’lum qilgan. Xonandaning yakkaxon ijodida «Bale», «Ey dil», «Sultoni qalbam» va «Ayriliq» kabi qo‘shiqlar bor.
Sizningcha, Farhod Sulaymon qaysi mashhur yulduzga ko‘proq o‘xshaydi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!






























Izohlar 0
…