Huvaydo Jumayeva: «Bit tushsa, yarim soat ham yashay olmasdi» (video)

Huvaydo Jumayeva: «Bit tushsa, yarim soat ham yashay olmasdi» (video)

Komik aktrisa Huvaydo Jumayeva “Renessans” telekanaliga bergan intervyusida bolalik xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. U yoshligida sochlari juda qalin bo‘lgani, onasi ularni tarashda ancha qiynalgani haqida kulib gapirib berdi.

Aktrisaning aytishicha, har yili yozgi ta’til boshlanishi bilan onasi uning sochini kal qilib olgan. Chunki sochlari shu qadar qalin bo‘lganki, ularni tarashning o‘zi katta mehnat talab qilgan.

«Har yoz kelganda onam bizni kal qilib tashlardi. Chunki sochim juda qalinligidan boshim nafas olmasdi. Hatto bitta bit tushsa, yarim soat yashay olmasdi u bit», — deya hazillashdi aktrisa.

Huvaydo Jumayeva maktab davrida qishloqlarda o‘quvchi qizlarning sochlari tekshirilgani, bitlagan bolalardan boshqalarga ham yuqishi mumkinligi sababli o‘qituvchilar ularni nazorat qilganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi uning boshini tekshirishga kelganida "unga bit kirmaydi" deb o‘tib ketgan.

«Onam rahmatli qo‘llari bilan sochimni tarab, nechta taroqni sindirgan. Bir chelak suv olib kelib, sochimni ho‘llab tarardi, baribir taroq yurmasdi. Shuning uchun yoz kelishini juda kutardim. 25 may kuni, kechki payt sochimni olib tashlardi. Men esa xursand bo‘lardim — soch tarashdan qutulardim-da», — deya kulib esladi Huvaydo Jumayeva.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar