Aktrisa Gulruxsor Tohirjonova 21 yoshini "qora" rangda qarshi oldi (foto)
1 daqiqa o'qish13

Yosh aktrisa Gulruxsor Tohirjonova 21 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan fotosessiyadan suratlarni Instagram sahifasida e’lon qildi.
Aktrisa suratlar ostida hazilomuz izoh ham qoldirdi: «20+ Tug‘ilgan kunim bilan! Yaxshiyam tug‘ilibman, bo‘lmasa dunyo mendek bitta telbasiz qolib ketardi».
Bu yilgi fotosessiya uchun Gulruxsor qora rangni tanladi. Uning qora libosi, 21 raqami tushirilgan sharlar va hatto qora rangli tort ham e’tiborni tortdi.
Aktrisaning kuzatuvchilari esa izohlarda uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini yo‘llashmoqda.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar































Izohlar0
…