«Kara Sevda» yulduzi Neslihan Atagyul haqida 3 qiziqarli fakt

Turkiyaning mashhur aktrisasi Neslihan Atagyul 1992 yil 20 avgust kuni Istanbulda tug'ilgan bo'lib, ijodiy faoliyatini 14 yoshida boshlagan. Uning xalqaro miqyosda keng tanilishiga sabab bo'lgan «Kara Sevda» seriali 110 dan ortiq mamlakatda namoyish etilgan va Xalqaro Emmy mukofotini qo'lga kiritgan ilk turk seriali bo'lgan.
Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri Neslihan Atagyul nafaqat «Kara Sevda» serialidagi Nihan obrazi, balki boshqa ko‘plab loyihalardagi rollari bilan ham muxlislar mehrini qozongan. Uning ijodiy faoliyati va shaxsiy hayotiga oid ayrim faktlar esa ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi mumkin.
1. Aktyorlik faoliyatini 14 yoshida boshlagan
Neslihan Atagyul 1992 yil 20 avgust kuni Istanbulda tug‘ilgan. Uning otasi cherkas, onasi esa belorus millatiga mansub. Aktrisa ilk bor 14 yoshida «Yaprak Dökümü» serialida rol ijro etib, kino va televideniye olamiga qadam qo‘ygan.
Keyinchalik u «İlk Aşk» filmidagi roli bilan ilk mukofotini qo‘lga kiritib, yoshligidanoq iste’dodli aktrisa sifatida e’tibor qozona boshlagan.
2. «Kara Sevda» uning yagona mashhur loyihasi emas
Neslihan Atagyul «Fatih Harbiye», «Kara Sevda», «Sefirin Kızı» va «Gecenin Ucunda» kabi seriallarda, shuningdek, «Araf» hamda «Senden Bana Kalan» filmlarida suratga tushgan.
Shunga qaramay, uni xalqaro miqyosda keng tanitgan obrazlardan biri «Kara Sevda»dagi Nihan Sezin roli bo‘ldi. Serial 110 dan ortiq mamlakatda namoyish etilib, Xalqaro Emmy mukofotini qo‘lga kiritgan ilk turk seriali sifatida tarixga kirgan.

3. Serialdagi hamkasbi hayotda ham turmush o‘rtog‘iga aylangan
Neslihan Atagyul aktyor Qodir Do‘g‘ulu bilan «Fatih Harbiye» seriali suratga olish jarayonida tanishgan. Dastlab do‘stona munosabatda bo‘lgan juftlikning aloqalari keyinchalik muhabbatga aylangan.

Ular 2015 yilda unashtirilgan va 2016 yil iyul oyida turmush qurgan. Oradan bir necha yil o‘tib, 2025 yilda juftlikning ilk farzandi — o‘g‘li dunyoga kelgan.

Bugungi kunda Neslihan Atagyul va Qodir Do‘g‘ulu turk shou-biznesidagi mashhur ijodkor juftliklardan biri hisoblanadi






























Izohlar 0
…