14:02 / 09.08.2017
8 270

Jiddiy ruhiy kasallikka uchragan mashhurlar bilan tanishing. Ular kimlar?

Jiddiy ruhiy kasallikka uchragan mashhurlar bilan tanishing. Ular kimlar?
Mashaqqatli ish jarayoni, tinimsiz tushkunlik har qanday organizmni ham toliqtirishi tabiiy. Buni qarangki, ko‘pchilik mashhur yulduzlarda bu nohush holat tez-tez uchrab turar ekan. Ayniqsa, ularda sog‘liq masalasida ham jiddiy muammolar yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan va mashhur shaxslar ruhiy kasalliklarning qurboni bo‘lishganini tan olishadi. Ularning ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Bruk Shilds. Model va aktrisa tug‘ruqdan keyingi tushkunlikka uchragan. Bu haqda ko‘pchilik ayollar ham tan olavermaydi. Shu bois, Bruk Shildsning jur’atiga qoyil qolsa arziydi. U bu ruhiy hastalikka uzoq kutilgan farzandi Rouen tug‘ilgach, 2003 yilda uchragan. Uning aytishicha, uni o‘z-o‘zidan vahima bosgan, boshi tinmay og‘rigan, qolaversa, u o‘zini ko‘p bora o‘ldirishga harakat qilgan.

Devid Bekxem. Futbolist tartibsizlikdan aziyat chekadi, to‘g‘rirog‘i bu holatdan juda qo‘rqadi. Bekxemga uyidagi hamma narsa joyida emasdek tuyulaveradi. Qolaversa, u oshxonadagi oziq-ovqatlarni qanday joylashtirish haqida soatlab bosh qotiradi.

Ketrin Zeta-Djons. Aktrisa o‘z kayfiyati eyforiya va bo‘shliq orasida doimiy arosatda ekanligini ta’kidlaydi. U bundan qutilish uchun hatto shifoxonada ham da’volandi, ammo hastalik oxirigacha bartaraf etilmadi.

Jim Kerri. E’tibor etishmasligi va giperaktivlik sindromiga uchragan. Eng talab kuchli bo‘lgan komik aktyor afsuski, butun umri davomida o‘z iqtidori uchun xun to‘lab yashadi.

Mel Gibson. Aktyor maniakal-depressiya psixoz kasalligiga uchragan. Bunda inson doimiy tushkun, g‘amgin holatda yuradi. Uning hamkasblari u doim quvnoq kayfiyatda yurishini ta’kidlashsa-da, ammo hozirda aktyor psixoterapevt nazoratida. U o‘zini qo‘lga olishi uchun doim dori ichib yuradi.



Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jiddiy ruhiy kasallikka uchragan mashhurlar bilan tanishing. Ular kimlar?