Jim Kerri yana Grinch obraziga qaytishi mumkin: filmning davomi ustida ish boshlandi

2000 yilda ekranlarga chiqqan mashhur “Grinch Rojdestvoni qanday o‘g‘irlagan” (“How the Grinch Stole Christmas”) filmining davomi ustida ish olib borilmoqda. Kartinaning rejissyori Ron Hovard yangi loyiha haqida ma’lumot berib, Jim Kerri bilan yana hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.
Biroq film suratga olinishi hozircha aniq emas. Hovardning aytishicha, loyiha uchun qiziqarli g‘oya va ssenariy mualliflari bor, ammo tayyor ssenariy hali mavjud emas. Rejissyor Jim Kerri bilan faqat munosib va sifatli ssenariy yaratilgan taqdirdagina ishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlagan.
Yangi filmda ham Grinch obrazini Jim Kerri gavdalantirishi kutilmoqda. Avvalroq aktyor birinchi filmda yashil qahramonga aylanish uchun soatlab grim qilishi va maxsus kontakt linzalarini taqishi juda mashaqqatli bo‘lganini aytgan edi. Shu sababli zamonaviy texnologiyalar yordamida bu jarayonni yengillashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Kerri ilgari harakatni yozib olish — motion-capture texnologiyasidan foydalanish g‘oyasiga ham qiziqish bildirgan.
Shunday qilib, Grinchning katta ekranlarga qaytishi mumkin, ammo buning uchun ijodkorlar avvalo munosib ssenariy ustida kelishib olishi kerak.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…