Huvaydo Jumayeva ilk gonorari va san’atdagi “raqobatchilari” haqida gapirdi

Aktrisa Huvaydo Jumayeva intervyularidan birida ilk gonorarini qanday sarflagani, san’atdagi raqobatchilari va ijod yo‘lidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Suhbat davomida undan ilk gonorarini olganida u pulni nimaga sarflagani so‘raldi.
“Birinchi gonorarni olganda boshqacha bo‘ladi-ku. Odamning esida qoladi. Siz nima qilgansiz u pulni?” — deya qiziqdi jurnalist.
“Ovqat yeganman. Ovqatga loyiq gonorar berganda, mazza qilib ovqat yeb olganman”, — deya hazil aralash javob berdi aktrisa.
Shuningdek, Huvaydo Jumayevadan san’atdagi raqobatchilari kim ekani ham so‘raldi.
“O‘sish bor joyda albatta raqobat bo‘ladi, deyishadi. Sizning san’atdagi raqobatchilaringiz kim?” — degan savolga aktrisa kulib:
“Kim bo‘lardi? Men hozirgi kunda raqobatchilarim Mister Bin, Jim Kerri — shularni raqobatchi deb hisoblayman. Ular o‘sishga qaraganda, mendan orqada qoldi”, — dedi.
Suhbatdosh undan san’atning o‘ziga yoqmaydigan, qiyin jihati haqida ham so‘radi.
“San’atning noni qattiq, to‘g‘rimi? Siz uchun san’atning eng yoqmaydigan tarafi qaysi?” — deya savol berildi.
“Bu faqat san’atda emas, hamma kasbda bor qiyinchilik. Yillar sizni toblaydi, sinaydi, sinovlardan o‘tkazadi. Ana undan keyin rohat. Men rohat degan joyiga keldim. Xudo xohlasa, undan keyingi qiyinchilik bo‘lmaydi. Mazza qilib ijod qilamiz, muxlislarimizning kayfiyatini ko‘taramiz”, — deya javob berdi Huvaydo Jumayeva.






























Izohlar 0
…