
Foto: Conversations About Her
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida «Biroz xiralashgan dunyo» nomli hujjatli film suratga olindi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, film allaqachon prokatga chiqqan.
Kartina yosh yulduzning shaxsiy hayoti va professional faoliyati haqida hikoya qiladi. Unda kliplarning suratga olish hamda qo‘shiq yozish jarayonlari, Aylishning oila a’zolari bilan munosabatlari, qolaversa, Jastin Biber bilan do‘stligi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Foto: Medialeaks
Billining sobiq yigiti Brendon Kventin Adams bilan ayrilishi haqidagi ma’lumotlar esa syujetdagi o‘ziga xoslik sanaladi. Billi reper sifatida ma’lum bo‘lgan Adams bilan 16 yoshida uchrashgan, ammo ularning munosabatlari haqida hech kim bilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar