Netflix Jessika Simpson haqida hujjatli film tayyorlamoqda

Netflix xonanda Jessika Simpson haqida hujjatli film tayyorlamoqda. Kartinada artistning faoliyati, shaxsiy hayoti va uzoq tanaffusdan keyin musiqaga qaytishi haqida so‘z boradi, deb xabar beradi Repost.uz.
Loyiha rejissyori Jo Perlman bo‘ladi. U avval Robbi Uilyams haqidagi hujjatli film ustida ishlagan. Yangi filmda 2000-yillar boshida Amerika pop sahnasida tanilgan Jessika Simpsonning ijodiy yo‘li kengroq ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Jessika Simpson faoliyati davomida albomlarining 20 mlndan ortiq nusxasini sotgan. U, shuningdek, mashhurlar hayoti haqidagi ilk Amerika realiti-shoularidan biri, “Yosh kelin-kuyovlar” loyihasi orqali ham ommaga tanilgan. Bu shou 2003 yildan 2005 yilgacha efirga uzatilgan va unda Simpson hamda uning o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Nik Lashening hayoti yoritilgan.
Hujjatli film prodyuseri sifatida Van Toffler ish olib boradi. U “Yosh kelin-kuyovlar” realiti-shousini yaratganlardan biri hisoblanadi. Filmni uning Gunpowder & Sky kompaniyasi ishlab chiqaradi.
Mualliflar Jessika Simpsonning faqat sahnadagi yutuqlarini emas, balki ko‘pchilikka kamroq ma’lum bo‘lgan hayotiy davrlarini ham ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Film premerasi xonandaning musiqaga qaytishi ortidan bo‘lib o‘tadi. Simpson 15 yillik tanaffusdan keyin yana qo‘shiq chiqara boshlagan va 2025 yilda “Nashville Canyon: Part 1 & Part 2” nomli EP taqdim etgan. Artist yaqinda Kim Kardashyan va Glenn Klouz ishtirokidagi yuridik drama epizodida ham ko‘rinish bergan.































Izohlar 0
…