Jastin Biber bog‘da muxlislariga kutilmagan jonli konsert berdi (video)

Los-Anjelesdagi MacArthur bog‘ida sayr qilayotganlar 22 sentyabr kuni kutilmagan voqeaga guvoh bo‘ldi. Jastin Biber bir necha musiqachi bilan birga parkda oldindan e’lon qilinmagan jonli chiqish qildi.
Sayr davomida Biber musiqachilar bilan birga “YUKON”, “Daisies”, “Speed Demon” va “All I Can Take” kabi qo‘shiqlarni ijro etdi. Xonanda oddiy kiyimda, kichik musiqachilar guruhi hamrohligida chiqish qilgan.
Bog‘da bo‘lganlar xonandaning kutilmagan chiqishini telefonlariga tasvirga olib, videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashdi. Shu tariqa Biberning bog‘dagi jonli ijrosi internetda tez tarqaldi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Biber bog‘ga boshpanasiz odamlarga turli yordam vositalari, jumladan, sovg‘a kartalari va suv tarqatish maqsadida ham borgan.






























Izohlar 0
…