4 356
Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: «Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi»
Foto: «Daryo»
Toshkent shahridagi Kongress-hollda 6 mart, shanba kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi «Mendirman Jaloliddin» serialini e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirgan edi.
Yulduz Rajabova «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida mazkur uchrashuv va davlat rahbarining e’tirofiga nisbatan munosabat bildirdi.
«Avvalo, kamtarona mehnatim yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgani uchun hurmatli Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bayram arafasida turli unvon va medallarga loyiq ko‘rilgan yuzlab xotin-qizlar ichida borligimdan juda ham xursandman.
8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlatimiz rahbari o‘sha tadbirda qatnashgan barcha ayollarni tabriklab, birma-bir so‘rashib chiqdi. Ularning bunday oliyjanobligini ko‘rib, ayrim ayollar xursandligidan yig‘lab ham yubordi.
Prezidentimizning marosimdagi xotin-qizlar bilan so‘rashishlarini sira kutmagandim. Men bilan so‘rashayotgan vaqtda ‘Kino zo‘r chiqdi, ijodni susaytirmang’, deya aytgan e’tirofi juda hayajonlantirdi va o‘zimga nisbatan ishonchni kuchaytirdi. Shuningdek, bunday e’tibor o‘z ustimda yanada qattiq ishlashimga bir turtki bo‘ldi, mas’uliyatni oshirdi», — dedi aktrisa.
Ma’lumot uchun, Yulduz Rajabova turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» serialida Qutlibeka obrazini gavdalantirmoqda. Shuningdek, u «Oskar» mukofotiga tavsiya etilgan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmida ham bosh rolni ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"