2 699
Bahora Arslonova: «Mendirman Jaloliddin» seriali haqida fikr bildirganim uchun Yulduz Rajabova mendan xafa bo‘ldi
«Daryo» muxbiri Nargiza Murodova aktrisa Bahora Arslonova bilan intervyu tashkil qildi. U intervyu davomida «Mendirman Jaloliddin» serialiga kasting o‘tkazilmagani, Yulduz Rajabova bilan tortishib qolishi va bosh qahramon rolini turk aktyori ijro etganidan achchiqlangani haqida so‘zlab berdi.
— «Jaloliddin Manguberdi» seriali uchun kasting bo‘lganini eshitganim yo‘q. Balki men eshitmagandirman desam, boshqa aktyor va aktrisalar ham xuddi shu fikrda ekan. «O‘zbekkino»dagilar ot sporti bilan shug‘ullanishimni, qilichbozlik bo‘yicha malakam borligini yaxshi bilishadi. Aktyor va aktrisalarni kasting qilayotganda ana shu jihatlarga alohida e’tibor berish kerak. Balki kasting qilgan insonlar uchun o‘zbek kinosining muvaffaqiyati unchalik ahamiyatga ega emasdir, yana bilmadim. Bir og‘iz xalqni va ijodkorlarni tarixiy serial suratga olinayotganidan xabardor qilishganida ham, kimningdir rolini tortib olib qo‘ymas edim.
Foto: Instagram / @bahora_arslonova
Turk kinoijodkorlari tarixiy seriallarni suratga olishga usta. Tan olish kerak, bizning kinotexnikamiz u qadar kuchli emas. Ammo bu bosh qahramon rolini o‘zga millat vakili ijro etishiga sabab bo‘lolmaydi. Buyurtmachi O‘zbekiston bo‘lganidan keyin u serialda aktyor, aktrisalar va joylarni belgilashga ham haqli edi. Tarixiy serialda ayol kishi rolini qaysi millat vakilasi o‘ynasa, ahamiyatga ega emas. Chunki tarixdan millatlar do‘stlik rishtalari bog‘lash uchun ham malikalarni qo‘shni davlatlarga turmushga berishgan. Lekin erkak bobida bunday misollar yo‘q. Ochig‘i, O‘zbekistonda bitta rolni o‘ynaydigan aktyor topilmadimi, degan gap ko‘pchilikning ko‘ngliga og‘ir botdi.
Foto: Instagram / @bahora_arslonova
Mana shu fikrlarimni umumiylashtirib, Instagram’ga post joyladim. Bu bilan turk aktyorini kamsitmoqchi emasman. Ammo undan-da kuchli o‘zbek aktyorlari bo‘la turib, Jaloliddin rolini o‘zga millat vakili ijro etgani meni haligacha achchiqlantiradi. Afsuski, bu fikrlarimni hamkasbim Yulduz Rajabova noto‘g‘ri tushundi. Unga fikrimni tushuntirmoqchi bo‘ldim, ammo mavzu chuqurlashib ketishini istamadim. Bu postdan keyin ko‘pchilik meni qoralab, hasadgo‘ylikda aybladi. Ammo xalq yonimni olib, Yulduzga qarata haqoratomuz so‘zlarni aytishdi. Shundan so‘ng dugonamga ortiqcha gap tegishini istamay, postni o‘chirib tashlashga qaror qildim. «Turk aktyoriga osilmasang-chi» degan gaplar qiz bola sha’niga yaxshi emas-ku, — deydi aktrisa Bahora Arslonova. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi