Elchixona ko‘magida O‘zbekistonning Propharm partners va Lafz kompaniyalari rahbarlarining Misrga amaliy safari tashkil etildi.
Safar davomida bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, Misrning ACDIMA holdingi rahbarlari bilan kechgan muloqot natijasida farmatsevtika mahsulotlarini hamkorlikda mamlakatimizda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Tomonlar loyihani amalga oshirish muddatlari va mexanizmlarini kelishib oldi.
Shuningdek, muzokaralar davomida ushbu xolding tarkibiga kiruvchi EIPICO, MUP (Medical Union Pharmaceuticals), October pharma kompaniyalari bilan farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha distribyutorlik shartnomalari imzolandi.
Imzolangan bitimlar Misr kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli, xalq ehtiyoji uchun zarur va hamyonbop dori vositalarini mamlakatga olib kirish va keyinchalik mahalliylashtirishni nazarda tutadi.
Yaqin Sharq mintaqasida eng yirik xolding hisoblangan ACDIMA farmsanoatning turli tarmoqlariga ixtisoslashgan 17 kompaniyani o‘z ichiga oladi.
Foto: "Dunyo" AA
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar