date

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz yuradi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz yuradi

O‘zbekiston va Iordaniya Hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz safarlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim xalqaro kelishuv tasdiqlandi.

2025 yil 3 fevralda Iordaniyaning Ammon shahrida imzolangan mazkur bitim, Prezidentning 2025 yil 30 iyul kuni qabul qilingan PQ–239-sonli qaroriga asosan rasman kuchga kirdi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, ikki mamlakat diplomatlari bir-birining hududiga vizasiz kirish, vaqtincha turish va harakatlanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu nafaqat diplomatik aloqalarni yanada rivojlantirish, balki ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organ sifatida belgilandi. Mutasaddilar aytishicha, bunday tashabbuslar mamlakatimizning xalqaro maydondagi faol diplomatik salohiyatini namoyon etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz yuradi