
Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasidagi “O‘tukchu” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi. O‘rniga “Apkan” chegara o‘tish joyi faoliyat boshladi, deb xabar qildi Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati.
Ma’lumotga ko‘ra, chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar va transport vositalari endilikda “Apkan” vaqtinchalik o‘tish punktiga yo‘naltiriladi. Bu o‘tish joyi har kuni soat 07:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
Ta’kidlanishicha, “Apkan” faqat Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Chegara xizmati bu o‘zgarish fuqarolarga oldindan ma’lum qilinishi va safarlarini shunga qarab rejalashtirishlarini tavsiya etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.