“Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarboyjon mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
14 oktyabr kuni “Birlik – 2025” mintaqaviy birgalikdagi o‘quvining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan eng yirik harbiy mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi.
Ushbu o‘quvning asosiy maqsadi – davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish va zamonaviy geosiyosiy tahdidlarga birgalikda qarshi turishdir. Mashg‘ulot davomida artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa zamonaviy qurollardan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar