Biometrik pasport olish uchun uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

O‘zbekiston fuqarolari 2015 yil, 31-dekabrgacha yangi biometrik pasportlar bilan ta’minlanib bo‘lishlari kerak. Shu kunlarda pasport tarqatish idoralarida bor imkoniyatlar ishga solinib, tiqilinch grafikda harakat qilinmoqda. Lekin, muddat tugaydigan sanagacha, barcha aholiga pasport tarqatib bo‘linishiga ishonish qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, "feysbuk" saytidagi "Potribetil.uz" guruhi internet foydalanuvchilari bu boradagi ishlar 2016 yil bahorigacha davom etishini taxmin qilishmoqda. Chunki, bir qancha guruh a’zolarining ma’lum qilishicha, pasport idoralari vakillari tomonidan ularga 2016 yilning fevralida kelish uchun navbat talonlari yozib berilgan.
Qayd etib o‘tish kerakki, pasport olishga talabgorlarning ko‘payishi tufayli, ishlar har qancha jadallashtirilmasin, pasport tayyor bo‘lish muddati endi avvalgidek 1 haftaga emas, 2 oyga ham cho‘zilmoqda.
Bu masalaga oydinlik kiritish uchun respublika IIB matbuot xizmati bilan bog‘lanishga harakat qildik, lekin qo‘ng‘iroqlarimizga javob berilmadi. Mirobod va Olmazor tumanlaridagi pasport tarqatish idoralari vakillari bilan gaplashganimizda esa navbatlar ko‘pligi xaqidagi xabarlar tasdiqlandi.
Ichki Ishlar Vazirligining sayti mvd.uz da muddatning yana cho‘zilishi haqida xabar e’lon qilinmagan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing