date

Qurilish maydonlarida texnika yuvish talabi kuchaytirildi

Qurilish maydonlarida texnika yuvish talabi kuchaytirildi

Qurilish inspeksiyasi qurilish obyektlaridan chiqayotgan texnika vositalarini maxsus yuvish joylarida yuvmasdan hududdan chiqarish qat’iyan taqiqlanishini yana bir bor eslatdi. Qoidalarga rioya qilinmagan hollarda jarima choralari qo‘llanilishi, shuningdek, ishlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, qurilish maydonidan chiquvchi barcha texnikalar obyekt hududida tashkil etilgan maxsus yuvish nuqtalarida tozalangan holda chiqarilishi shart. Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar ko‘chalarining ifloslanib ketishining oldini olish hamda sanitar holatga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida joriy etilgan.

Qonunchilikka muvofiq, mazkur talablarga amal qilinmagan taqdirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi asosida jismoniy shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 70 baravari miqdorida jarima belgilanadi.

Shu bilan birga, belgilangan qoidalarni buzish qurilish obyektida olib borilayotgan ishlarini vaqtincha to‘xtatish uchun ham asos bo‘lishi mumkin.

Qurilish inspeksiyasi fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga guvoh bo‘lgan taqdirda 71-200-69-02 raqamli koll-markazga murojaat qilishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurilish maydonlarida texnika yuvish talabi kuchaytirildi