O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelmoqda?

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelmoqda?

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 mln 102 ming 729 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xorijiy sayyohlar oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan. Ushbu mamlakatdan 2 mln 524 ming 378 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston va Tojikiston egallagan. Qozog‘istondan 2 mln 171 ming 581 nafar, Tojikistondan esa 2 mln 25 ming 400 nafar sayyoh kelgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga quyidagi davlatlardan ham ko‘plab turistlar tashrif buyurgan:

  • Rossiya — 867 757 nafar;

  • Afg‘oniston — 329 620 nafar;

  • Xitoy — 318 465 nafar;

  • Turkmaniston — 224 766 nafar;

  • Turkiya — 130 155 nafar;

  • Hindiston — 39 538 nafar;

  • Germaniya — 32 249 nafar.

Shu tariqa, yanvar-avgust oylarida mamlakatga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 9,1 million nafardan oshgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar