Qurbon hayiti namozi vaqtlari ma’lum qilindi

O'zbekistondagi jome masjidlarda 2026 yil 27 may, chorshanba kuni Qurbon hayiti namozi ado etiladi. Toshkent shahrida mazkur hayit namozi ertalab soat 05:10 da o'qilishi belgilandi. Ushbu vaqtlar quyosh chiqqanidan keyingi 15–20 daqiqalik farq inobatga olingan holda hududlar bo'yicha turlicha taqsimlandi. Jumladan, Andijon, Namangan, Farg'onada namoz 05:05 da, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa 05:55 da o'qilishi belgilandi.
2026 yil 27 may, chorshanba kuni O‘zbekistondagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etiladi.
Toshkent shahrida hayit namozi ertalab soat 05:10 da o‘qiladi.
Hududlar bo‘yicha namoz vaqtlari quyidagicha belgilandi:
Andijon, Namangan, Farg‘ona — 05:05
Toshkent viloyati — 05:10
Sirdaryo, Jizzax — 05:20
Samarqand, Surxondaryo — 05:30
Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro — 05:35
Xorazm — 05:50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:55
Vaqtlar quyosh chiqqanidan keyingi 15–20 daqiqalik farq inobatga olingan holda belgilangan.































Izohlar 0
…