Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta viloyatida sezildi

2026 yil 4 noyabr kuni soat 02:34:15 da Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh hududida zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishining magnitudasi 5,2 ni tashkil etgan, o‘choq 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila O‘zbekistonning bir nechta viloyatida ham sezilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishining O‘zbekiston hududidagi sezilish darajasi quyidagicha bo‘lgan:
• Andijon viloyatida: 2–3 ball, epitsentrdan 134 kilometr masofada.
• Farg‘ona viloyatida: 2–3 ball, epitsentrdan 136 kilometr masofada.
• Namangan viloyatida: 2 ball, epitsentrdan 185 kilometr masofada.
Zilzila epitsentri Toshkent shahrining janubi-sharqida, poytaxtdan 373 kilometr uzoqlikda joylashgan. O‘choq koordinatalari 39,84 shimoliy kenglik va 73,21 sharqiy uzunlikni tashkil etgan.































Izohlar 0
…