Ertaga davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 da boshlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 dan boshlashni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan 9 ta davlat banki xodimlari uchun ham ish vaqti odatdagidan bir soat kechroq boshlanishi mumkin. Bu faqat davlat tashkilotlariga tegishli, xususiy sektorda ishlaydigan fuqarolar har doimgi ish soatlarida ishga chiqishaveradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futbol terma jamoasi 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.






























Izohlar 0
…