Farg‘onada «Damas» kanalga tushib ketdi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida avtomobil yo‘l harakati vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, «Katta Farg‘ona» kanaliga tushib ketgan. Voqea «Langar» MFYning Mirobod ko‘chasidan oqib o‘tuvchi kanal qismida qayd etilgan.
Avtomobil «Damas» rusumida bo‘lgan. Hodisa haqida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgach, qutqaruvchilar voqea joyiga tezkor ravishda yetib borgan.
Qutqaruv ishlari davomida maxsus texnika va zarur asbob-uskunalardan foydalanilgan. Natijada kanalga tushib ketgan «Damas» suvdan chiqarib olingan.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.































Izohlar 0
…