O‘zgidromet ertangi ob-havo prognozini e’lon qildi

O‘zgidromet 10 oktyabr, shanba kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida ertaga havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda harorat kechasi 12–14 daraja iliq, kunduzi esa 25–27 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…