Kuchli yomg‘irlar kutilmoqda: aholiga muhim ogohlantirish

1 daqiqa o'qish155
Kuchli yomg‘irlar kutilmoqda: aholiga muhim ogohlantirish
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, 13–15 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning bir qator viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
  • Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining ko‘plab tuman va shaharlarida sel xavfi kuzatilishi ehtimoli bor.

O‘zgidromet respublika aholisini muhim ob-havo o‘zgarishi haqida ogohlantirdi. Ma’lum qilinishicha, 13–15 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli bir qator viloyatlarning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on hamda Muzrabot tumanlarida sel xavfi kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari ham xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlarida ham sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri aholisiga ham ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etildi.

Mutaxassislar ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib, past joylarni suv bosishi mumkinligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarga sel xavfi yuqori bo‘lgan joylarga zaruratsiz bormaslik hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish tavsiya etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?