O‘zbekistonda ertaga havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet 16 noyabr, yakshanba kuni O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Prognozga ko‘ra, aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ayrim joylarda esa tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kechasi harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0–5, kunduzi 12–17 daraja iliqni tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2–7, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yomg‘ir kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–7, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida respublika bo‘yicha nisbatan iliq ob-havo saqlanadi. Harorat kechasi 5–10, kunduzi 17–22 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 5 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…