O‘zbekistonda “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” investision loyihasini yo‘lovchi poezdlarining tezyurar harakatini tashkil etish bilan amalga oshirishni boshlamoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 10 iyul kuni ushbu investision loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, loyiha 2017-2018 yillarda amalga oshiriladi.
Investision loyihaning taxminiy qiymati 58,87 mln dollarni tashkil etadi, deyiladi qarorda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘zining 18,58 mln dollarlik mablag‘larini yo‘naltiradi. «O‘zbekenergo» AJ esa 7,31 mln dollarlik sarmoya kiritadi.
Taxminan 14,06 mln dollar markazlashtirilgan sarmoyalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga 18,92 mln dollarlik kredit taqdim etadi.
Investision loyiha doirasidagi tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish «O‘zbekenergo» AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston rahbari investision loyiha ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi